» » Aziza Nizamova - 1,2,3

Aziza Nizamova - 1,2,3
Kelib ketgin har zamon,
Yo`ling tushsa man tomon,
Boshqa sendek mehribonim yo`q.
Sening qalbingga tomon,
Yo`l izladim oh yomon,
Chunki sevaman hammadan ko`p.

Bir, ikki, uch yolg`on
So`zlasang-da har zamon,
Sevishing rost bo`lsin-u
Boshqa gaplaring yolg`on.

Agar aldasang, omon
Qolishim ham bir gumon.
Sevishing aytgin faqat,
Boshqa gaplaring yolg`on.

Eh man, man yomonman,
Faqat o`zim tomonman.
Bir umr menla qolsang,
O`shanda man omonman.

Ajab bo`pti, yomonman,
Faqat o`zim tomonman.
Umrbod menla qolsang,
O`shanda man omonman.

Mana senga ikki yo`l:
Biri ayriliq tomon,
Biri baxtga berib qo`l.
Yig`lab boshim bo`ldi ko`l,
Sog`inchimdan yuragim
Yorilib ketdi butkul.


 
Bir, ikki, uch yolg`on
So`zlasang-da har zamon,
Sevishing rost bo`lsin-u
Boshqa gaplaring yolg`on.
Agar aldasang, omon
Qolishim ham bir gumon.
Sevishing aytgin faqat,
Boshqa gaplaring yolg`on. (x1+x1)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.