» » Azizshox - Janoney

Azizshox - Janoney
Holimdan bir xabar olmaysan birrov,
Axir maning yuragimda yonar olov.
Ko`rishmaganimizga ham ancha bo`ldi,
Arzimagan narsaga ajralamizmi anov?

Zo`rg`a chidamoqdasan, bilaman,
Qo`ng`iroq qilmoqchi bo`lasan sezaman.
Mag`rur bo`lmagin, jonim, bunchalar,
Oz vaqt o`tmay sog`inching qalbing parchalar.

Sahifalar ochilar, muhabbatning notanish dardlari,
Go`yoki g`amlarga ko`milar qadriga yetmagan kunlari.
Xayolingdan o`tadi birma-bir uning o`sha go`zal ko`zlari,
Oldinroq qayerlarda edi, chetga surildi g`ururlari.

Bu holimni kor-ey, parvoying yo`q janon-ey,
Ikkimiz ham sog`inchlardan chekmoqdamiz ozor-ey.

Bo`ldi endi qardingga yetaman,
Sensiz axir jonim men netaman?
Sendan o`zga menga kerak emas,
Sen ila urar yurak har nafas.

Bir bora qalbingga quloq solib ko`r,
Baribir bir kun bo`lasan bunga majbur.
Qachonga chidash mumkun,
Yuraging shu vaziyatdan toparmi huzur?