» » Aziza Niyozmetova - Qalbim chechagi

Aziza Niyozmetova - Qalbim chechagi
Ishq yo`li toshli ekan,
Ko`zlarim yoshli ekan. (x2)
Vafosizlar ichida {x2}
Yuragim g`ashli ekan.

Sevgi mangu ertagim,
Ko`rolmaslar ermagi,
G`iybatlarga bosh egib,
So`lma, qalbim chechagi.

Necha dil gulzor emas,
To`rt fasl bahor emas. (x2)
Bag`ritoshlar bo`lmasa, {x2}
Dunnyo asli tor emas.

Sevgi mangu ertagim,
Ko`rolmaslar ermagi,
G`iybatlarga bosh egib,
So`lma, qalbim chechagi.

Seni qanday asrayman?
Seni jondan asrayman. (x2)
Gul qadrini bilmagan {x2}
Zolimga hech bermayman.

Sevgi mangu ertagim,
Ko`rolmaslar ermagi,
G`iybatlarga bosh egib,
So`lma, qalbim chechagi.

Qalbimning gavharisan,
Umrim zeb-u zarisan. (x2)
Yoshlikdagi muhabbat, {x2}
Hayotimning borisan.

Sevgi mangu ertagim,
Ko`rolmaslar ermagi,
G`iybatlarga bosh egib,
So`lma, qalbim chechagi. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.