» » Aziz Rametov - Samarqand sayyorasi

Aziz Rametov - Samarqand sayyorasi
Qora qosh, qora ko`z o`zbek bolasi,
Hayqirsa tog`larga yetar nolasi, (x2)
Tilidan tushmaydi ag`yor, yallasi,
O`zim aylonaman yallolaringdan.

Norday o`g`lonlaring egilmas asov,
Mushtining zarbidan sachraydi olov,
Qo`rg`oningga yaqin kelolmaydi yov,
O`zim aylonaman o`g`lonlaringdan.

Samarqand sayyorasi ham
Shu el uchun, shu yurt uchun.
Qalbimning koshonasi ham
Elim uchun, shu yurt uchun.

Bulutga bosh qo`ygan binolaring bor,
Nodira, Uvaysiy siymolaring bor,
Har ishda, jon elim, Xudo senga yor,
O`zim aylonaman gulbog`laringdan.

Ellarning ichida ulug`isan sen,
Mag`rursan, g`ururing osmonlarga teng,
Yurtboshing oqko`ngil, saxiy, bag`rikeng,
O`zim aylonaman donoligingdan.

Samarqand sayyorasi ham
Shu el uchun, shu yurt uchun.
Qalbimning koshonasi ham
Elim uchun, shu yurt uchun. (x2)