» » Aziz Rajabiy - Nozi bor

Aziz Rajabiy - Nozi bor
Tunim bedor, uxlasam ham namoyon tushda ham,
Yoddan ketmas qayg`uda yoki har kulishda ham,
Har bir ishda ham.
Dil so`zim bor, aytolmayman so`zlagim kelsa ham,
Men baxtliman bir bora nazar solib qo`ysa ham,
U soxta bo`lsa ham.

Noz-noz, nozi bor, qiz bolaning nozi bor-ey,
Noz-noz, nozi bor, balki dilda rozi bor-ey.
Sevgim bilarmu yoki sezarmu,
Balki sezib turib, u ham jim yurarmu?

Noz-noz, nozi bor, qiz bolaning nozi bor-ey,
Noz-noz, nozi bor, balki dilda rozi bor-ey.
Sevgim bilarmu, sezib turarmu,
Balki bilib qolib, ustimdan kularmu?

Kunim o`tar, aylanaverar har xil xayollar,
Aytay deyman, yo`l qo`ymaydi shubhayu gumonlar,
Yana savollar.
Bir bor ko`rsam, go`yo butun olam menga kular,
Vaqti kelar, bir kun albatta sevishim bilar
Va rozi bo`lar.

Noz-noz, nozi bor, qiz bolaning nozi bor-ey,
Noz-noz, nozi bor, balki dilda rozi bor-ey.
Sevgim bilarmu yoki sezarmu,
Balki sezib turib, u ham jim yurarmu?
Noz-noz, nozi bor, qiz bolaning nozi bor-ey,
Noz-noz, nozi bor, balki dilda rozi bor-ey.
Sevgim bilarmu, sezib turarmu,
Balki bilib qolib, ustimdan kularmu? (x1+x1)