» » Azim Mullaxonov - Oshiq bo’ldim

Azim Mullaxonov - Oshiq bo’ldim
Oshiq bo’ldim, oshiq bo’ldim,
Bir pariga oshiq bo’ldim,
Go’zallarning eng go’zali,
Dilbariga oshiq bo’ldim.

Go’zallarning eng go’zali,
Dilbariga oshiq bo’ldim.

Kechalari bedor bo’ldim,
Ishqingda bemor bo’ldim,
Visolingga, sevgilim,
Tanho intizor bo’ldim.

Oshiq bo’ldim, oshiq bo’ldim,
Bir pariga oshiq bo’ldim,

Ne kechar endi holim,
Senda mening xayolim,
Gulim dedim men seni,
Sensan baxtu iqbolim.

Gulim dedim, gulginam,
Senga shaydo dilginam,
Kecha-kunduz ismingni
Takror aytar tilginam.

Oshiq bo’ldim, oshiq bo’ldim,
Bir pariga oshiq bo’ldim,

Oshiq bo’ldim sanamga,
Qoshlari yoy qalamga,
Mayli, nozlar qilsa ham,
Dil to’lmasin alamga.

Gulim dedim, gulginam,
Senga shaydo dilginam,
Kecha-kunduz ismingni
Takror aytar tilginam. (x2)

Oshiq bo’ldim, oshiq bo’ldim,
Bir pariga oshiq bo’ldim,
Go’zallarning eng go’zali,
Dilbariga oshiq bo’ldim.

Go’zallarning eng go’zali,
Dilbariga oshiq bo’ldim.