» » Azim Mullaxonov - Bevafo

Azim Mullaxonov - Bevafo
Avvalambor sevmagil edi,
O`zingni ham, meni ham qiynab.
Boqma edi o`tlarga yoqib,
Qo`yma edi lablarimga lab.

Boqma edi o`tlarga yoqib,
Qo`yma edi lablarimga lab.

Endi esa boshqa muhabbat
Va boshqa yor izlab qolibsan. (x2)
Yana qancha sodda dillarning
Yuragiga otash solibsan?

Lekin shuni yaxshi bilginki,
U sendagi muhabbat emas.
U bevafo yurakda yotgan
Oddiy bir his, oddiy bir havas.

U bevafo yurakda yotgan
Oddiy bir his, oddiy bir havas.

Mayli, hijron qiynasin mayli,
Mayli, kuysin o`tlarda tanam.
Lekin sendan sevgi tufayli
Ko`ngil uzdim, bevafo sanam.

Avvalambor sevmagil edi,
O`zingni ham, meni ham qiynab.
Boqma edi o`tlarga yoqib,
Qo`yma edi lablarimga lab. (x2)

Qo`yma edi lablarimga lab… {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.