» » Azim Mullaxonov - Shaytanat

Azim Mullaxonov - Shaytanat
Hayot gulzor, deya kezdim,
Tikonlari chiqdi yo’ldan.
Na-da tikonlari, turfa ilonlari
Chiqdi yo’ldan.

Tilindi qalb, shilindi til,
Baloyi nafs bo’ldi g’olib.
Qimorga boy berildi or,
Pushmonlari chiqdi yo’ldan. (x2)

Ko’ngil berdim yora, nogoh,
Axtarib ming tasallolar.
Zaharxanda qildi ag’yor,
Yomonlari chiqdi yo’ldan.

Zaharxanda qildi ag’yor-ey,
Yomonlari chiqdi yo’ldan.

Zamon Haqqa tegishli deb,
Necha fursat qildim sabr,
Chektirib oh, necha sohib
Zamonlari chiqdi yo’ldan.

Umr qismat, dedim, balki
Peshonamga yozilgay,
Xudo urgan shaytanatning
Shaytonlari chiqdi yo’ldan. (x2)