» » Aziza Nizamova - Unut

Aziza Nizamova - Unut
Bir ko`rinding, yana ketding qush kabi uchib,
Aytgin, qaydan o`zing uchun sen topding panoh?
Men-ku qoldim ko`zim yoshlab, surating quchib,
Muhabbatni zor qaqshatish emasmi gunoh?

Bu dunyoga qo`lim siltab, taqdirga tan berganimda
O`zing menga umid berib, hayotimga qaytarding.
Endi esa qo`ling ushlab, topdim baxtim deganimda
O`sha tubsiz jarlik tomon meni o`zing itarding.

Men singari seni suygan inson asli bormidi?
Sensiz o`tar kunlar yana bir biriga ulandi.
Mana endi biz ajrashdik, dil dildan uzoqmidi?
Nechun taqdir bizni sevgimizdan ayirdi?

Ne bo`lsa ham, taqdir ekan, sen Ollohga omonat,
Ammo yolg`iz o`tinchim bor, so`zlarimni tinglagin:
Pok sevgiga, mehribonim, qilma aslo xiyonat,
Gar qo`lingdan kelsa agar, meni bir umrga unut.

Unut… Unut…

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.