» » Azim Mullaxonov - Ayrildim

Azim Mullaxonov - Ayrildim
Hasratingda yurak-bag`rim tildirdim,
Oshiqligim el-u yurtga bildirdim.
Netay oxir seni qo`ldan ildirdim,
Sen ayrilding, men ham sendan ayrildim.

Netay oxir seni qo`ldan ildirdim,
Sen ayrilding, men ham sendan ayrildim. {x2}

Toza gullar ochilibdi bog`larda,
Yurak-bag`rim ado bo`ldi dog`larda. (x2)
Sen beparvo yurarsan qayoqlarda?
Sen ayrilding, men ham sendan ayrildim. (x2)

Tog`da o`sar giyohlarning lolasi,
Ayriliqdir yurak-bag`rim yarasi,
Davo bergin go`zallarning sarasi,
Sen ayrilding, men ham senda ayrildim.

Davo bergin go`zallarning sarasi,
Sen ayrilding, men ham senda ayrildim. {x2}

Yoki birov senga kishan soldim-u?
Yo bo`lmasa ko`ngling mendan qoldim-u? (x2)
Qalbing bergan va’dasidan tondim-u?
Sen ayrilding, men ham sendan ayrildim. (x2)

Sen ayrilding, men ham sendan ayrildim…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.