» » Avazbek Olimov - Yur ketaylik

Avazbek Olimov - Yur ketaylik
Hayotimga kirib keldingku,
Ushaldi qalbimda shirin orzu.
Xayolimda o`zing bo`ldingku,
Eng go`zal qo`shig`imga mavzu.

Borlig`im bo`lsa, taqdir yo`lida,
Men ham seni topdim baxt yo`lida.
Qaramay hayot o`ng-so`liga,
Yuragimni topshirdim senga.

Yur ketaylik,
O`sha armoni yo`q go`zal dunyolarga.
Yur ketaylik,
Birga parvoz etib samolarga.

Yur ketaylik,
O`sha hijroni yo`q baxtli zamonlarga.
Yur yetaylik,
Xazonlari bo`lmas bahorlarga.

Sen bo`lsang har nafas yonimda,
Bo`ladi armon menga begona.
Muhabbat biz uchun yozadiku
Sirli ertak, afsona.

Toki borsan jonim hayotimda,
Yashayman sening-la samolarda.
Yetaman bir kun senla albat,
O`sha baxtli zamonga birga.

Yur ketaylik,
O`sha armoni yo`q go`zal dunyolarga.
Yur ketaylik,
Birga parvoz etib samolarga.

Yur ketaylik,
O`sha hijroni yo`q baxtli zamonlarga.
Yur yetaylik,
Xazonlari bo`lmas bahorlarga. (x2)