» » Asilbek Negmatov - Ketsang ketaver

Asilbek Negmatov - Ketsang ketaver
O`zganing qo`lidan tutsang tutaver,
Mensiz murodingga yetsang yetaver.
Qismatim shu ekan, ilojim qancha?
Ketsang ketaver, ketsang ketaver,
Ketsang ketaver, ketaver.
Ketsang ketaver.

Sen ketsang, yulduzlar tushmas to`kilib,
Yo osmon chokidan ketmas so`kilib.
Tushun, qol demasman yetti bukilib,
Ketsang ketaver, ketsang ketaver,
Ketsang ketaver, ketaver.
Ketsang ketaver.

Goh rahm qilmading kuzda jonimga,
Quloqlar solmading ohu-nolamga,
Jar solmoq ne hojat endi olamga?
Ketsang ketaver, ketsang ketaver,
Ketsang ketaver, ketaver.
Ketsang ketaver.

Sevgimiz sochini qopladi qirov,
Bag`ringga men emas otlandi birov,
Shirin va’dalarga aldanding darrov,
Ketsang ketaver, ketsang ketaver,
Ketsang ketaver, ketaver.
Ketsang ketaver, ketaver.

Bo`ldi bas, sabrimning kosasi to`ldi,
Orzu umidlarimning gullari so`ldi,
Devonang hajringda adolar bo`ldi,
Ketsang ketaver, ketsang ketaver,
Ketsang ketaver, ketaver.
Ketsang ketaver…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.