» » Asilbek Negmatov - Sog’inganim bor

Asilbek Negmatov - Sog’inganim bor
Sog`indim bahorning nastarin iforin,
Bog`imning sehrli binafsha gulzorin.
Hey, o`shal qoshi qalamni, nozik, gulbadanni,
Go`zal, moh, sanamni.
Yuragim tilganni, sirlarim bilganni,
Adolar qilganni.

Sog`inganim bor, sog`inganim bor,
Sog`inganim bor-ey, sog`inganim bor. (x2)

(Sog`inganing bor, sog`inganing bor,
Sog`inganing bor-ey, sog`inganing bor.
Sog`inganing zor, sog`inganing zor,
Sog`inganing zor-ey, sog`inganing zor.)

Sog`indim yorimning beg`ubor gul yuzin,
Yurakka cho`g` solgan ilk sevgi belgisin.
Hey, o`shal guli g`unchani, o`sha dili kulchani,
Sog`inch g`ami shunchami?
Chiroyli ertakni, ohuday hurkakni,
O`shal gul malakni.

Sog`inganim bor, sog`inganim bor,
Sog`inganim bor-ey, sog`inganim bor. (x2)

(Sog`inganing bor, sog`inganing bor,
Sog`inganing bor-ey, sog`inganing bor.
Sog`inganing zor, sog`inganing zor,
Sog`inganing zor-ey, sog`inganing zor.)

O`shal qoshi qalamni, nozik, gulbadanni,
Go`zal, moh, sanamni.
Yuragim tilganni, sirlarim bilganni,
Adolar qilganni, hey, hey.

Sog`inganim bor, sog`inganim bor,
Sog`inganim bor-ey, sog`inganim bor. (x2)

(Sog`inganing bor, sog`inganing bor,
Sog`inganing bor-ey, sog`inganing bor.
Sog`inganing zor, sog`inganing zor,
Sog`inganing zor-ey, sog`inganing zor.)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.