» » Aziza Nizamova - Ikkinchisiman

Aziza Nizamova - Ikkinchisiman
Hammasi zo`r, hammasi yaxshi,
Lekin qalbimda alamim bor:

Muhabbatim – hayotim naqshi,
Yolg`izimning boshqa yori bor. (x2)

Shunga rozi bo`lib yashashni
Qismatimga bitibdi dunyo.

Ne ham derdim, kuchli bo`lishni
Endi peshonamga yoz, Xudo. (x2)

Kulmang, ota-onam erka qiziman,
Asrab katta qilgan qaro ko`ziman.
Sevmoqlikda man birinchisiman,
Lek yorimning ikkinchisiman.

Dod, sevmoqlikda man birinchisiman,
Lek yorimning ikkinchisiman.

Yolg`iz o`tar ko`pincha kunlar,
Sabr qilib kutaman faqat.

Rashkda yonib, kul bo`ldim tunlar,
Taqdir, shunisiga ham rahmat. (x2)

Yor-yor aytilmadi nomimga,
Oq libosni kiya olmadim.

Duo o`qilmadi baxtimga,
Oydek kelin bo`la olmadim. (x2)

Kulmang, ota-onam erka qiziman,
Asrab katta qilgan qaro ko`ziman.
Sevmoqlikda man birinchisiman,
Lek yorimning ikkinchisiman.

Dod, sevmoqlikda man birinchisiman,
Lek yorimning ikkinchisiman.

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.