» » Aziza Nizamova - Baqir-chaqir (Kelmading)

Aziza Nizamova - Baqir-chaqir (Kelmading)
(Kelmading… kelmading…)

Mana soat ertalabki besh, kelmading,
Kutmayman, kelmaysan baribir bo`lsa ham kech.
Kunlar o`tib kirib kelasan
Hech nima bo`lmaganday,
Eh, men ham so`rolmayman nima bo`ldi deb.

Baqir-chaqir, gapir,
So`zla, terga, terga.
Faqat indamasdan
Mani qonim ichma.
Qaysi harakatim seni qildi xafa?
Gapir, gapir, gapir.

Tushun, men ham ataylab qilmaymanku axir,
Sen nima betakrormisan, qilasan sabr?
Men bunday yasholmayman,
Men unday yasholmayman,
Sen dardingni aytmasang,
Sen menga ham aytmasang!

Baqir-chaqir, gapir,
So`zla, terga, ketma.
Faqat indamasdan
Mani qonim ichma.
Qaysi harakatim seni qildi xafa?
Gapir, gapir, gapir. (x1+x1)

Baqir-chaqir, gapir,
So`zla, terga, ketma.
Faqat indamasdan
Mani qonim ichma…

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.